OMMAVIY OFERTA
«Toʻlovlarni Monitoring qilish» Xizmatidan foydalanish boʻyicha
Mazkur hujjat «BRIO GROUP» AJ (keyingi oʻrinlarda – Tizim) tomonidan EMV plastik bank kartalari egasi boʻlgan jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda – Foydalanuvchi) “Toʻlovlarni Monitoring qilish” xizmati (keyingi oʻrinlarda – Shartnoma)dan foydalanish boʻyicha xizmat koʻrsatish shartnomasini tuzishni taklif etuvchi rasmiy taklif – ommaviy ofertadir. Ushbu Ofertada koʻrsatilgan harakatlarni Foydalanuvchi tomonidan bajarilishi ushbu shartlarga soʻzsiz rozilik bildirganini anglatadi (Ofertani aksept qilish). Oferta aksept qilingani onidan boshlab Shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Mazkur Shartnomada bevosita koʻzda tutilmagan hollarda, tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ishbilarmonlik muomalasi odatlariga amal qiladilar.
1. ATAMALAR VA TA’RIFLAR
Xizmat / «Toʻlovlarni Monitoring qilish» xizmati – «BRIO GROUP» AJ (OSON™ savdo belgisi ostida faoliyat yuritadi) tomonidan ishlab chiqilgan va mualliflik huquqiga ega boʻlgan axborot-texnologik yechimlar majmuasi boʻlib, ular orqali Foydalanuvchi oʻz bank kartasi orqali amalga oshirilgan barcha tranzaksiyalar haqida maʼlumot olishi, tushum/chiqim statistikasi bilan tanishishi, shuningdek, Xizmat funksionalligi doirasida boshqa amallarni bajarishi mumkin.
Foydalanuvchi – OSON ilovasida roʻyxatdan oʻtgan va «Toʻlovlarni Monitoring qilish» xizmatini faollashtirgan, Oʻzbekiston Respublikasining EMV plastik bank kartasiga ega boʻlgan muomalaga layoqatli jismoniy shaxs.
Bank kartasi (plastik karta) – Oʻzbekiston Respublikasidagi bank tomonidan chiqarilgan va OSON ilovasida roʻyxatdan oʻtgan, onlayn rejimda ishlaydigan toʻlov kartasi.
Mobil qurilma – Foydalanuvchiga tegishli yoki u tomonidan foydalaniladigan, «OSON» mobil ilovasini o‘rnatish va undan Servisga kirish uchun foydalanish imkoniyatini ta’minlovchi texnik qurilma.
2. OFERTANI QABUL QILISH TARTIBI
2.1. Mazkur Ofertani aksept qilish va Xizmat shartlariga rozilik bildirish, Foydalanuvchi tomonidan OSON ilovasida Xizmatni faollashtirish orqali amalga oshiriladi («Monitoringni yoqish» tugmasi orqali).
2.2. Agar quyidagi shartlarga rozilik bildirishingiz mumkin boʻlmasa, Xizmatdan foydalanmang.
3. SHARTNOMANING PREDMETI
3.1. Tizim EMV plastik kartalari egalariga «Toʻlovlarni Monitoring qilish» Xizmatidan foydalanish imkonini taqdim etadi. Mazkur Xizmat orqali Foydalanuvchi oʻz bank kartasi orqali amalga oshirilgan barcha tranzaksiyalar haqidagi maʼlumotlarni olish, tushum va chiqim statistikasi bilan tanishish, shuningdek, Xizmat funksiyalari doirasida boshqa amallarni bajarishi mumkin.
3.2. Xizmat iOS, Android platformalarida va www.oson.com veb-manzili orqali foydalanish mumkin boʻlgan “OSON” ilovasi doirasida ishlaydi. Xizmatdan faqatgina OSON ilovasida roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.
3.3. «OSON» Ilovasidan foydalanish xavfsizligini ta’minlash, Foydalanuvchining pul mablag‘larini himoya qilish, ruxsatsiz kirishning oldini olish hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini bajarish maqsadida Tizim Foydalanuvchi mavjud hisob yozuvini yangi mobil qurilmada ro‘yxatdan o‘tkazganida yoki unga kirganida «To‘lovlar monitoringi» Servisini avtomatik ravishda o‘chirib qo‘yishga haqli.
3.4. Mazkur Shartnomaning 3.3-bandida nazarda tutilgan hollarda «To‘lovlar monitoringi» Servisining avtomatik ravishda o‘chirib qo‘yilishi Tizim tashabbusi bilan xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish hisoblanmaydi hamda faqat axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
4. XIZMATLAR NARXI VA TO‘LOV TARTIBI
4.1. Foydalanuvchilar uchun Servis narxi har bir bank kartasi uchun oyiga 1000 (bir ming) so‘m etib belgilanadi.
4.2. Pul mablag‘lari Foydalanuvchining «OSON» Ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bank kartasidan Servis ilk bor ulanganida, shuningdek ushbu Oferta nazarda tutgan hollarda Servis avtomatik ravishda o‘chirib qo‘yilganidan keyin Servis har safar qayta ulanganda avtomatik tarzda yechib olinadi. Keyinchalik Servisdan foydalanish uchun to‘lov har bir kalendar oyining 1 (birinchi) sanasida oldindan to‘lash tartibida undiriladi. Servisdan foydalanish uchun birinchi kalendar oy bo‘yicha to‘lov Servis dastlabki yoki takroran ulangan sanadan qat’i nazar to‘liq miqdorda undiriladi.
4.3. Servis Foydalanuvchining “OSON” Ilovasidagi akkaunti bilan bog‘langan bo‘lib, to‘lov “asosiy” maqomidagi karta orqali amalga oshiriladi. Agar “asosiy” kartada mablag‘ yetarli bo‘lmasa, yechib olish Foydalanuvchining akkauntida ro‘yxatdan o‘tgan boshqa kartadan amalga oshiriladi, agar u yetarli balansga ega bo‘lsa.
4.4. Mablag‘lar faqat to‘lovni amalga oshirish uchun tanlangan kartadagi depozit Servis uchun belgilangan narxga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, yechib olinadi.
4.5. Agar Foydalanuvchining kartasi yoki kartalaridagi depozit Servisdan foydalanish uchun belgilangan narxni to‘lashga yetarli bo‘lmasa (ya’ni har bir kartadagi mablag‘ yetarli bo‘lmasa), Servis 10 kun davomida faol bo‘lib qoladi. Agar ushbu muddat ichida depozit kerakli miqdorgacha to‘ldirilmasa, Servisga kirish Foydalanuvchi uchun yopiladi.
4.6. Servis, Foydalanuvchining kartasidagi depozit zarur summagacha to‘ldirilganidan keyin va to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng tiklanadi. To‘lov faqat joriy davr uchun amalga oshiriladi (Servis Foydalanuvchi uchun qayta faollashtirilgan kundan boshlab) va Servis vaqtincha to‘xtatilgan davrni o‘z ichiga olmaydi.
4.7. «To‘lovlar monitoringi» Servisi Foydalanuvchi mavjud hisob yozuviga yangi mobil qurilmadan ro‘yxatdan o‘tganligi yoki kirganligi sababli avtomatik ravishda o‘chirib qo‘yilganidan so‘ng, Servisni qayta ulash Foydalanuvchining tashabbusiga ko‘ra Tizimning amaldagi Tariflariga muvofiq haq evaziga amalga oshiriladi.
5. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
5.1. Tizim quyidagilarga majbur:
– Servisdan uzluksiz foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
– Servisni taqdim etish jarayonida ma’lum bo‘lgan Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligini ta’minlash.
5.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
– Ushbu Oferda ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish;
– Servisdan foydalanayotgan qurilma axborot xavfsizligini mustaqil ravishda ta’minlash;
– Servisdan huquqbuzarlik maqsadida foydalanmaslik.
5.3. Foydalanuvchi mavjud hisob yozuviga yangi mobil qurilmadan ro‘yxatdan o‘tganida yoki kirganida «To‘lovlar monitoringi» Servisi alohida bildirishnoma yuborilmasdan avtomatik ravishda o‘chirib qo‘yilishi mumkinligiga rozilik bildiradi.
5.4. Tizim ushbu Oferda o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega bo‘lib, bu haqda Foydalanuvchini Tizimning rasmiy veb-saytida va “OSON” Ilovasidagi Servis interfeysida axborot xabarlari orqali xabardor qiladi.
6. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
6.1. Tomonlar ushbu Shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladi.
6.2. Foydalanuvchi, Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida kelib chiqadigan har qanday zarar yoki boshqa salbiy oqibatlar uchun javobgar hisoblanadi.
6.3. Foydalanuvchi, o‘z shaxsiy ma’lumotlarini himoyalanmagan tarmoqlar orqali ishlayotgan qurilmada kiritganida yoki qurilma zararli dasturlar tahdidi ostida bo‘lgan taqdirda, bu ma’lumotlarning saqlanishi uchun to‘liq javobgardir.
6.4. Agar Shartnoma shartlarining bajarmaslik holati Foydalanuvchi tomonidan Shartnoma shartlarining buzilishi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa, Tizim bu uchun javobgar emas.
6.5. Foydalanuvchi ushbu Oferda ko‘rsatilgan shartlar bilan tanishmaganligi yoki o‘z vaqtida tanishmaganligi oqibatida yuzaga kelgan har qanday zarar uchun Tizim javobgar emas.
6.6. Tizim, agar Shartnoma shartlarining bajarmasligi uning nazoratidan tashqaridagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan bo‘lsa, ushbu holat uchun javobgar emas. Tizimning nazorat sohasi Servisdan foydalanish jarayonida olingan ma’lumotlarning ishonchliligi bilan cheklanadi va uchinchi shaxslarning aybi bilan yuzaga kelgan nosozliklar yoki davlat yoki sud organlari tomonidan joriy etilgan cheklovlar uchun javobgarlikni o‘z ichiga olmaydi.
6.7. Mazkur Shartnomada nazarda tutilgan hollarda «To‘lovlar monitoringi» Servisining avtomatik ravishda o‘chirib qo‘yilishi Tizim majburiyatlarini buzish hisoblanmaydi hamda Foydalanuvchi tomonidan zararni qoplash, pul mablag‘larini qaytarish yoki boshqa javobgarlik choralarini qo‘llash to‘g‘risida talablar qo‘yish uchun asos bo‘la olmaydi.
6.8. Agar Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarining bajarmasligi, Shartnoma tuzilganidan keyin yuzaga kelgan, Tomonlar oldindan bilolmagan va oldini ololmagan favqulodda holatlar (fors-major) natijasida yuzaga kelsa, Tomonlar ushbu holat bo‘yicha javobgarlikdan ozod etiladi.
7. SHARTNOMANI BEKOR QILISH
7.1. Foydalanuvchi istalgan vaqtda Servisni «OSON» Ilovasida o‘chirib, ushbu Shartnomani bajarishdan voz kechish huquqiga ega. («Monitoringni o‘chirish» tugmasi «OSON» Ilovasi interfeysida mavjud).
7.2. Shartnoma Servis o‘chirilgan zahotiyoq bekor qilingan hisoblanadi. Bunda, joriy davr uchun oldindan yechilgan summa Foydalanuvchining «OSON» Ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan plastik kartasidan qaytarilmaydi.
7.3. Pul mablag‘lari yetarli bo‘lmaganligi, Foydalanuvchi mavjud hisob yozuviga yangi mobil qurilmadan ro‘yxatdan o‘tganligi yoki kirganligi, shuningdek ushbu Oferta nazarda tutgan boshqa hollarda Servisning vaqtincha to‘xtatilishi yoki avtomatik ravishda o‘chirib qo‘yilishi mazkur Shartnomaning bekor qilinishi hisoblanmaydi.
7.4. Agar Foydalanuvchi «OSON» Ilovasidagi akkauntini o‘chirsa, Servis avtomatik tarzda o‘chirib qo‘yilmaydi. Shartnoma faqat 7.1-bandga muvofiq tarzda bekor qilinadi.
8. NIZOLARNI KO‘RIB CHIQISH TARTIBI
8.1. Ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan har qanday nizolar Foydalanuvchining yozma murojaatiga asosan da’vo tartibida yoki tomonlar o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi. Murojaatni ko‘rib chiqish muddati va unga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
8.2. Agar kelib chiqqan nizo da’vo tartibida hal etilmasa, u javobgar tomon joylashgan hududdagi vakolatli sudda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
9. BOSHQA SHARTLAR
9.1. Ushbu Shartnomada bevosita nazarda tutilmagan barcha holatlarda tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va odatdagi ishbilarmonlik amaliyotiga amal qiladilar.
9.2. Ushbu Ofermani aksept qilish orqali Foydalanuvchi Shartnomaning barcha shartlariga so‘zsiz roziligini tasdiqlaydi va ularni bajirish majburiyatini oladi.
9.3. Foydalanuvchi mavjud hisob yozuviga yangi mobil qurilmadan ro‘yxatdan o‘tganida yoki kirganida «To‘lovlar monitoringi» Servisining avtomatik ravishda o‘chirib qo‘yilishi bank kartalaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish va Foydalanuvchi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan axborot xavfsizligini ta’minlash chorasi ekanligini tasdiqlaydi hamda Tizim tomonidan mazkur choralarni qo‘shimcha rozilik olmasdan qo‘llashga rozilik beradi.
10. TIZIMNING REKVIZITLARI
Manzil:100058, Toshkent shaxri, Yunusobod tumani,
Bogiboston MFY, Bogishamol ko'chasi, 179-uy
STIR: 304 408 302
Tel: +998-71-207-80-81