Bo`sh ish o`rinlari

Digital marketing mutaxassisi

Vazifalar:

  • Brendni targ‘ib qilish uchun digital strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Google Ads, Yandex.Direct, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa platformalarda reklama kampaniyalarini boshqarish;
  • Reklama kampaniyalarini tahlil qilish va optimallashtirish;
  • Digital kreativlar bo‘yicha tavsiyalar berish;
  • SEO mutaxassisi ishini nazorat qilish;
  • Digital faoliyatlar samaradorligini monitoring qilish va hisobot tayyorlash;
  • Email marketing bilan ishlash: kampaniyalarni ishlab chiqish va o‘tkazish;
  • Saytlar, push xabarnomalar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa vositalar orqali konversiyani tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash;
  • Google va Yandex reklamalarini boshqarish va optimallashtirish;
  • Raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish;
  • Google va Yandex algoritmlaridagi o‘zgarishlarni muntazam kuzatib borish va strategiyani moslashtirish.

Talablar:

  • Digital marketingda kamida 3 yillik ish tajribasi;
  • Portfelingizda muvaffaqiyatli loyihalar bo‘lishi;
  • Rejalashtirish, analitika va hisobot yuritishda yuqori ko‘nikmalar;
  • Data-driven yondashuvni tushunish va qo‘llash;
  • Reklama va veb-analitika vositalarini bilish.

Sharoitlar:

  • Ofisimiz Atokent hududida qulay joylashgan (shahar yuqori qismi);
  • 09:00 dan 18:00 gacha, haftada 5 kun ishlanadi;
  • O‘qitish va texnik qo‘llab-quvvatlash;
  • Samimiy va jips jamoa;
  • Ish jarayonini yanada yoqimli qilish uchun kofe mashinasi mavjud

Asosiy ko‘nikmalar:

  • Digital marketing
  • Marketing kommunikatsiyalari
  • SEO / Google Ads / Yandex.Direct
  • Veb-analitika va hisobotlar
  • Brendni ilgari surish
  • Email marketing
  • Raqobatchilarni tahlil qilish

Опыт работы: 3–6 лет

To‘liq ish kuni

Ish jadvali: 5/2,

soat 09:00 dan 18:00 gacha

Rezyumeni ushbu manzilga yuboring: info@oson.com