DAVLAT YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI BOSHQARMASI JARIMALARI TO‘G‘RISIDA XABAR BERISH XIZMATINI KO‘RSATISH SHARTLARI
DAVLAT YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI BOSHQARMASI JARIMALARI TO‘G‘RISIDA XABAR BERISH XIZMATINI KO‘RSATISH SHARTLARI
Mobil ilova «OSON» Foydalanuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi hududida Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar haqida «Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi» (YHXBB) tomonidan yuboriladigan xabarlarni olish uchun mo‘ljallangan «YHXBB xabarnoma xizmati»dan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
1. Atamalar va ta’riflar
Xizmat – «OSON» mobil ilovasi obunachilariga O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan belgilangan jarimalar haqida xabar berish xizmatini tashkil etish yuzasidan bajariladigan harakatlar.
Foydalanuvchi – «OSON» mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan va xizmatdan foydalanayotgan muomalaga layoqatli jismoniy shaxs.
YHQ – yo‘l harakati qoidalari.
Hisobot davri – xizmat uchun to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kalendar kuni.
YHXBB xabarnoma xizmati – «OSON» mobil ilovasi obunachilariga O‘zbekiston Respublikasi hududida YHQni buzganlik uchun belgilangan jarimalar to‘g‘risida xabar yuboriladigan servis.
2. Xizmat tavsifi:
2.1. «BRIO GROUP» AJ dasturiy ta'minoti orqali YHQ buzilishi holatida (ya'ni «АДМПРАКТИКА» axborot tizimida qaror shakllantirilganidan so‘ng) maxsus kontent tayyorlanadi va YHQni buzgan Foydalanuvchiga SMS-xabar yuboriladi. SMS obunachining mobil telefoniga u mobil aloqa doirasida bo‘lsa yetkaziladi.
2.2. Bitta mobil raqamga beshtagacha (5) transport vositasi biriktirilishi mumkin.
2.3. Transport vositasini almashtirish faqat obuna muddati yakunlangandan so‘ng 15 kundan keyin amalga oshiriladi.
2.4. Agar foydalanuvchi ushbu xizmatni ilovada o‘chirsa, uni qayta yoqish oxirgi yoqilgan sanadan boshlab kamida 15 kun o‘tgach mumkin bo‘ladi.
2.5. «YHXBB xabarnoma xizmati» pullik asosda ko‘rsatiladi. Xizmatga obuna bo‘lish ixtiyoriy bo‘lib, Foydalanuvchi ushbu Shartlar bilan tanishganidan so‘ng uni mustaqil ravishda faollashtiradi.
2.6. Har bir transport vositasi uchun hisoblangan abonent to‘lovi miqdori – 2000 (ikki ming) so‘m bo‘lib, 12% qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ni o‘z ichiga oladi. To‘lov elektron shaklda 100% avans to‘lovi tarzida amalga oshiriladi.
2.7. Xizmat muddati yakunlangach, u avtomatik tarzda yana 30 kunlik davrga uzaytiriladi. To‘lov Foydalanuvchining "OSON" ilovasiga ulangan bank kartasidan avtomatik yechib olinadi. Agar kartada mablag‘ yetarli bo‘lmasa, xizmat vaqtinchalik to‘xtatiladi. Mablag‘ tushgach, xizmat avtomatik tiklanadi va keyingi 30 kun davomida amal qiladi.
3. Avtomatik uzaytirishni o‘chirish Obuna muddati 30 kalendar kuni etib belgilangan. Agar Foydalanuvchi avtomatik uzaytirishni to‘xtatmoqchi bo‘lsa, kerakli obunani tanlab, "Avtoyangilash" funksiyasini o‘chirishi lozim.
Toshkent shahri
2024-yil 1-mart