Xizmat ko‘rsatish va naqd pul inkassatsiyasi bilan bog‘liq xarajatlarning o‘sishi munosabati bilan joriy yil 1-iyuldan OSON agentlari tarmog‘i orqali bank kartalarini to‘ldirishda undiriladigan komissiya o‘zgaradi. Komissiyaning yangi miqdori 3% ni tashkil qiladi.
Shu bilan birga, OSON elektron hamyonini to‘ldirishda eng foydali komissiya saqlanib qolmoqda – atigi 0,5%. Keyingi to‘lovlar va elektron hamyonlar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari uchun ham komissiya undirilmaydi.
Iltimos, hisobni to‘ldirishni rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni inobatga oling. OSON’ni tanlaganingiz uchun rahmat!