OSON fintex xoldingi asoschisi Farhod Mahmudov “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi

2026-08-14

Taqdirlash to‘g‘risidagi Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 13-avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida imzolandi.


Mamlakatimizning turli hududlaridan bir guruh biznes vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar. Mukofotlar respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qo‘shgan salmoqli hissalari uchun topshirildi.


Mamlakat iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shgan bir necha o‘nlab tadbirkor va korxona rahbarlari “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, biznes vakillariga “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari, “Kelajak bunyodkori” medali va boshqa davlat mukofotlari ham topshirildi.


Farhod Mahmudovning ushbu mukofoti uning mahalliy fintex-sektor, raqamli moliyaviy servislar hamda zamonaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan to‘lov yechimlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasining e’tirofi bo‘ldi.


OSON xoldingi uchun bu mukofot jamoa mehnati natijalari hamda kompaniyaning O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasining muhim e’tirofidir.